3 903
Buni ko‘rishingiz shart. Shahram G‘iyosov 30 soniyada raqibini nokautga uchratdi (video)
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
25 avgustga o‘tar kechasi Meksikaning Ermosilo shahridagi «Sentro de Usos Multiples» arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida G‘iyosov kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (33-4-2, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va WBA International chempionlik kamarini himoya qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakuniga yetdi. Birinchi raundning 30 soniyasi o‘tib ulgurmasidan o‘zbekistonlik bokschi chap qo‘lda kross zarbasini yo‘llab, raqibini polga qulatdi. 35 yoshli bokschi bokschi referi sanog‘i yakunlaniga qadar o‘rnidan tura olmadi va 41 soniyada nokaut qayd etildi.
Ushbu g‘alaba Shahramning professional boksdagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U bu janglardan 7tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Ma’lumot uchun, 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib kelayotgan Peres yengil (-61,2 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishida 2014-15 yillarda uch marta vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Shahram G‘iyosov joriy yilning aprelida AQShning Inglvud shahridagi (Kaliforniya) amerikalik Emmanuel Teylorni (20-6, 14 KO) 10 raundlik jang yakunida hakamlar qarori bilan mag‘lub etib, ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»