16:20 / 25.08.2019
2 395

Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi
Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘zbekistonlik kanoechi qizlar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Final bellashuvida O‘zbekiston vakillarii beshinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlabki sakkiz o‘rinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishar edi.

Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Su (Xitoy) – 2:02.81
2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47

Shu tariqa terma, O‘zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 3taga yetdi. Bundan avval tennischi Denis Istomin hamda velosportchi Olga Zabelinskaya yo‘llanma egalariga aylanishgan edi.

«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi», deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun, Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova bugungi bellashuvlar davomida 200 metrga juftlik yo‘nalishida ham finalda startga chiqishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi