23:01 / 25.08.2019
3 244

Eldor Shomurodov yana gol urdi va to‘purarlar poygasida 2-o‘ringa chiqib oldi

Eldor Shomurodov yana gol urdi va to‘purarlar poygasida 2-o‘ringa chiqib oldi
Xabaringiz bor ayni damda Rossiya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Rubin” klublari o‘rtasidagi uchrashuv davom etmoqda.

E’tiborlisi, rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov bu o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi va shu tariqa o‘zining chempionatdagi gollari sonini 5 taga yetkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Shomurodov 5ta gol bilan “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolevdan (6) so‘ng RPL to‘purarlar jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Agar hamyurtimiz o‘yin yakuniga qadar yana gol ursa, bu borada peshqadamga aylanib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov yana gol urdi va to‘purarlar poygasida 2-o‘ringa chiqib oldi