Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng, dastlab “Navbahor” bosh murabbiyi Deyan Jurjevich o‘z fikrlarini bildirdi.
"Juda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Uchrashuvning birinchi bo‘limi deyarli teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda ustunlik jamoamiz tarafida bo‘ldi va yigitlarda 4ta ajoyib golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo shogirdlarim ulardan foydalana olishmadi. Mezbonlar esa so‘nggi daqiqadagi jarima zarbasidan gol urib, g‘alaba qozonishdi. Shunday ekan, ushbu mag‘lubiyatni alamli deyishdan boshqa ilojim yo‘q.
AGMKga qarshi kechgan bahsda ham jarima zarbasidan so‘ng, to‘p o‘tkazib yuborgandik. Bugungi o‘yinda ham ushbu holat takrorlandi. Yigitlar ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishmoqda. Ammo ulardan samarali tarzda foydalana olishmayapti. Mazkur uchrashuvda ham shu narsa jamoamizga pand berdi", - deydi Jurjevich.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi