19:30 / 27.08.2019
2 479

"Dinamo" o‘z uyida "Buxoro"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

"Dinamo" o‘z uyida "Buxoro"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Samarqandning "Dinamo" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yinning 68-daqiqasida burchakdan oshirilgan to‘pni jarima maydonidagi pala partishlikdan so‘ng Andrey Sidorov darvozaga kiritib hisobni ochdi, 0:1. Uchrashuvning 70-daqiqasida qarshi hujumdan so‘ng Salamat Qutiboyev gol urdi, 0:2. O‘yinning 73-daqiqasida Sardor Sulaymonov mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi - 0:3. Shu tariqa "Buxoro" klubi o‘zining mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘yib, ochkolari sonini 15 taga yetkazib oldi.

Coca-Cola Superliga, 18-tur

"Dinamo" - "Buxoro" 0:3
Gollar:
Andrey Sidorov 68, - 0:1. Salamat Qutiboyev 70, - 0:2. Sardor Sulaymonov 73, - 0:3.

"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Hakimxon A’lamxonov, 6.Akmal Xolmurodov, 7.Jasur Azimov, 10.Amirjon Safarov, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Bahodir Nasimov, 16.Bobur Qosimov, 18.Abbos Shodmonov, 34.Shohruh Abdurahmonov.
Zaxira: 22.Shohruh Raimov, 24.Jasur O‘rinov, 21.Damir Temirov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov,23. Sardor Eminov, 28.Obidjon Hakimov, 20.Siroj Hamroyev, 26.Komil Sharofutdinov, 44.Dilmurod Karimov.

"Buxoro": 35.Rahimjon Davronov, 5.Bobirjon Amonov, 8.Salamat Qutiboyev, 9.Asadbek Sobirjonov, 14.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Shodmonov, 28.Ergash Ismoilov, 30.Jaba Lipartiya, 71.Andrey Sidorov, 80.Milovan Kapor, 81.Fatxullo Fatxulloyev.
Zaxira: 25.Shoxjahon Nasimov, 4.Mirjalol Jumayev, 60.Vili Isiani, 22.Behruz Sadullayev, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 44.Asiljon Begimqulov, 72.Davronbek Umirov, 87.Anvarjon Jo‘rayev, 88.Shaxzod Beshimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Dinamo" o‘z uyida "Buxoro"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi