23:56 / 27.08.2019
2 539

Davron Fayziyev: “Afsuski, murabbiy maydonga o‘zi chiqib, gol ura olmaydi. Iste’fo so‘rab ariza yozaman"

Davron Fayziyev: “Afsuski, murabbiy maydonga o‘zi chiqib, gol ura olmaydi. Iste’fo so‘rab ariza yozaman"
“Dinamo” – “Buxoro” uchrashuvidan keyin dastlab Davron Fayziyev matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
- Bunday mag‘lubiyatdan keyin nima deyish ham mumkin – “Sen urmasang, senga urishadi” deyishadi. Imkoniyatlardan foydalanishimiz shart edi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda vaziyatlarni golga aylantirishimiz lozim edi. Yutsa jamoa, yutqizsa murabbiy yutqazadi. O‘yindan keyin jamoa futbolchilari bilan gaplashib oldik, natijaga javobgar shaxs sifatida klub rahbariyati oldiga iste’foga chiqish haqidagi arizamni yozib qoldiraman.

Afsuski, murabbiy maydonga o‘zi chiqib, gol ura olmaydi. Futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni bajarishlari lozim. Ikkinchi davrada qora chiziqdan chiqib keta olmayapmiz, har o‘yinda qator foydalanmayotgan vaziyatlar bizni pastga tortmoqda. Yigitlarni ayblay olmayman, bunday ketma-ket mag‘lubiyatlar uchun kimdir javobgarlikni olishi kerak va mag‘lubiyat uchun hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Ammo, ishonamanki murabbiylar shtabi va jamoa hozirgi vaziyatdan chiqib keta oladi. Boshqa qo‘shimcha qila olmayman, o‘zim ham ayni damda juda asabiy holatdaman. Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Mening klubdagi taqdirimni endi klub rahbariyati hal etadi.

Chindanam, Amirjon Safarov 1-bo‘limning o‘zida 3-4 marta yakkama-yakka vaziyatda chiqib borib, gol ura olmadi. Ammo, e’tibor bering jamoada aynan unda mana shunaqa golli vaziyatlar bo‘layapti. Mashg‘ulotlarda ishlayapti, foydalanadi, ammo o‘yinda omadi yurishmayapti. Ammo, Safarov maydondagi mehnati bilan asosiy tarkibda to‘p surishga loyiqligini ko‘rsatayapti. Ishonamanki, Amirjonning omadi yurishib ketsa, uningdek hujumchini topish qiyin bo‘ladi.

Qayerda xato qildik? Vaziyatlarni urmagandan keyin, qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Qandaydir 10 daqiqa ichida raqiblar bizni jazolashdi. Natija o‘yinga umuman mos bo‘lmadi, ammo nima ham qilardik, futbolda bunday mag‘lubiyatlar uchrab turadi. Jamoa oraliqdagi katta tanaffusdan keyin o‘ziga kelishi shart. Faqatgina mehnat va ko‘proq harakati bilan jamoa og‘ir vaziyatdan olib chiqib ketishi mumkin. Yana bir marta samarqandlik barcha muxlislardan mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: “Afsuski, murabbiy maydonga o‘zi chiqib, gol ura olmaydi. Iste’fo so‘rab ariza yozaman"