22:35 / 28.08.2019
2 516

«Navbahor» bosh murabbiy Jurjevich iste’fosini e’lon qildi

«Navbahor» bosh murabbiy Jurjevich iste’fosini e’lon qildi
«Navbahor» klubi biroz kech bo‘lsa-da bosh murabbiy Deyan Jurjevich iste’fosini e’lon qildi.
«Bundan 2 oy oldin «Navbahor»da bosh murabbiy o‘zgarib, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis o‘rniga serbiyalik Deyan Jurjevich tayinlangan edi.

Afsuski, Jurjevichning qo‘l ostida «lochinlar»ning natijalari salbiy ko‘rinish oldi. Jumladan, Superliga bahslarida «Navbahor» o‘z maydonida «Qizilqum» (0:1), OKMK (0:1), safarda esa «Metallurg»ga (0:1) imkoniyatni boy berib, safarda «Buxoro» (0:0) bilan durang hisobini qayd etib, faqat «Andijon» (1:0) ustidan g‘alaba qozondi. Natijada «Navbahor» turnir jadvalida 3-o‘rindan 6-o‘ringa tushib ketdi.

Shuningdek, «Navbahor» O‘zbekiston kubogining chorakfinalidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida «Nasaf»ga 0:1 hisobida yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi. Albatta, bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi. Shu bois, bugun Deyan Jurjevich bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, u iste’foga chiqarildi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Navbahor» Jurjevich iste’fosini e’lon qilmasdan burun Andrey Kanchelskisni bosh murabbiy sifatida tanishtirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» bosh murabbiy Jurjevich iste’fosini e’lon qildi