10:38 / 29.08.2019
2 869

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi o‘yindan oldin yig‘inga kirishdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi o‘yindan oldin yig‘inga kirishdi
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi bugundan e’tiboran yig‘inga kirishdi va rejaga ko‘ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi. Mazkur yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Dastlabki uchrashuv 6 sentyabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bahs esa 9 sentyabr sanasida «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi. Har ikki o‘yin ham soat 19:00da start oladi.

Lyubinko Drulovich mazkur yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb etdi. Husniddin G‘ofurov, Oybek Bozorov hamda Umidjon Ergashev jarohat bois mazkur yig‘inda qatnasha olmaydi. Shuningdek, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Oston O‘runov, Doston Ibragimov kabi futbolchilar milliy terma jamoa ixtiyorida ekani sabab Eron bilan o‘yinda qatnashishmaydi. Shuningdek, milliy jamoaga jalb etilgan Sharof Muxitdinov o‘rnini O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘inida Jasur Jaloliddinov egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi o‘yindan oldin yig‘inga kirishdi