18:00 / 29.08.2019
2 449

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super o‘rta vaznida faoliyat yuritayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev 30 avgust kuni navbatdagi bahsda ishtirok etadi, deya xabar qilmoqda GoSport.

Meliqo‘ziyev AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekistonlik bokschi uchun professional faoliyatidagi ikkinchi jang bo‘lgan mazkur bahs olti raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Luna Flores faoliyati mobaynida 29 jang o‘tkazib, 22 g‘alaba, 6 durang va bir marta mag‘lubiyat qayd etgan. U 14 bor raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13 iyunda prof boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi