15:20 / 31.08.2019
2 345

Ronaldu: "Ispaniyani sog‘inyapman, chunki..."

Ronaldu: "Ispaniyani sog‘inyapman, chunki..."
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatini sog‘inayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Albatta, Ispaniyani sog‘inyapman. U yerda Messi bilan ajoyib raqobatimiz bor edi. Biz bir-birimizni olg‘a undardik.

Lionel bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biz hozircha kechki ovqatni birga o‘tkazmaganmiz. Ammo, umid qilamanki kelajakda bu ham sodir bo‘ladi.

Biz bir vaqtda faoliyatimizni yakunlaymizmi? U mendan 2 yosh kichik. Biroq, men ham o‘z yoshimga nisbatan yomon ko‘rinmayman va bu yerda yanagi mavsum ham, yana ikki yil, balkim uch yil...Meni yoqtirmaydiganlar yana meni ko‘rishga majbur bo‘lishadi”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” Madrid klubi sharafini himoya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "Ispaniyani sog‘inyapman, chunki..."