15:47 / 31.08.2019
2 225

Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tadi

Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tadi
"Kalyari" hujumchisi Xan Kvan Son faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Turin klubi 20 yoshli forvardni 5 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yosh futbolchi allaqachon Turinga tashrif buyurgan.
Qayd etish kerakki, u dastlab asosiy jamoa bilan mashg‘ulot olib boradi va yoshlar jamoasida o‘ynaydi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asosiy jamoada ham o‘ynashi ko‘zda tutilgan.

Xan Kvan Son 2017 yildan beri Italiyada faoliyat olib boradi. U A Seriyada gol urgan birinchi shimoliy koreyalik o‘yinchiga aylangan.
Forvard o‘tgan mavsumni ijara asosida Seriya B da ishtirok etadigan "Perudja"da o‘tkazdi va 20ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tadi