20:20 / 31.08.2019
2 720

Shomurodovning dubli "Rostov"ni peshqadamga aylantirdi

Shomurodovning dubli "Rostov"ni peshqadamga aylantirdi
Rossiya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Rostov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"RJD-Arena"da kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning ikki goliga mezbonlar safida Anton Miranchik bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa Valeriy Karpin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 17 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rindagi "Krasnodar" hisobida 7 bellashuvda 14 ochko mavjud.
Shomurodov esa bu mavsum Premer-ligada kiritgan gollari sonini 7 taga yetkazgan holda to‘purarlar bahsida mutlaq yetakchiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning dubli "Rostov"ni peshqadamga aylantirdi