22:10 / 31.08.2019
3 414

Bu gollarni albatta ko‘ring! Shomurodovning dubli “Rostov”ga g‘alaba keltirdi (video)

Bu gollarni albatta ko‘ring! Shomurodovning dubli “Rostov”ga g‘alaba keltirdi (video)
Rossiya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Rostov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"RJD-Arena"da kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning ikki goliga mezbonlar safida Anton Miranchik bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa Valeriy Karpin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 17 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rindagi "Krasnodar" hisobida 7 bellashuvda 14 ochko mavjud.

Shomurodov esa bu mavsum Premer-ligada kiritgan gollari sonini 7 taga yetkazgan holda to‘purarlar bahsida mutlaq yetakchiga aylandi.

"Lokomotiv" – "Rostov" 1:2
Gollar:
0:1 – 41 Shomurodov, 0:2 – 58 Shomurodov, 1:2 – 81 Miranchuk.

"Lokomotiv": Gilerme, Rыbus, Chorluka, Xevedes, Ignatev, Barinov, Krixovyak, Miranchuk (Joau Mariu, 30), Miranchuk, Jemaletdinov (Jorjevich, 60), Smolov.
"Rostov": Baburin, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Chistyakov, Yeremenko, Normann, Saplinov (Logashov, 67), Ionov (Zuyev, 87), Popov (Bayramyan, 60), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Normann (26), Yeremenko (39), Rыbus (64), Logashov (88), Ignatev (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu gollarni albatta ko‘ring! Shomurodovning dubli “Rostov”ga g‘alaba keltirdi (video)