22:37 / 31.08.2019
2 497

Eldor Shomurodov: "Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman"

Eldor Shomurodov: "Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman"
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov "Lokomotiv"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Dastlabki 30 daqiqa juda asabiy o‘tdi. Bu olti ochkolik uchrashuv edi va qiyin bo‘lishini bilar edik. Taxminan 30-daqiqadan boshlab o‘z kuchimizga ishonchimiz ortdi va kerakli natijaga erishdik.

To‘purarlar bahsini kuzatib bormoqdaman. Albatta, men chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni va jamoamning ochko to‘plashiga yordam berishni istayman", - dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz 7 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchilikni qo‘lga olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman"