07:44 / 03.09.2019
3 305

Xabib Nurmagomedov navbatdagi raqibini Konor Makregordan mahoratliroq deb atadi

Xabib Nurmagomedov navbatdagi raqibini Konor Makregordan mahoratliroq deb atadi
Foto: Getty Images
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov Abu-Dabida UFC 242 musobaqasi doirasida Dastin Porega qarshi o‘tkazadigan jangi oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi. U navbatdagi raqibini avvalgi raqibi Konor Makregor bilan solishtirgan.

“Fikrimcha, Dastin Konordan biroz farq qiladi, biroq farq kattamas. U ham zarbdor. Dastin Konordan ko‘ra MMAning mukammalroq jangchisi hisoblanadi. Pore yengil divizionda ancha baquvvat yigitlarni mag‘lub etgan, biroq Makgregor bizning vazn toifamizda g‘alaba qozonganini eslay olmayman”, deb aytgan dog‘istonlik jangchi.

Xabibning ta’kidlashicha, Dastin tajribali jangchi.

“Dastin unvon uchun jangga sazovor bo‘ldi. Unda katta, yaxshi tajriba bor. U katta janglarda kuchli raqiblar bilan mushtlashgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Xabib.
Xabib Konorni chempionlik unvonining birinchi himoyasida mag‘lub etgan. Uning Porega qarshi jangi 7 sentyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov navbatdagi raqibini Konor Makregordan mahoratliroq deb atadi