14:03 / 03.09.2019
3 042

Shomurodov – Rossiyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Shomurodov – Rossiyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Foto: © Andrey Anosov
«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasida avgust oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi deb topildi.

RPL ekspertlari ham, «Match Premer» ekspertlari ham, muxlislar ham bir ovozdan Shomurodovni oyning eng yaxshisi deb topishgan.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi avgust oyida Rossiya chempionatida 5 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg‘ol qilgan. U Aleksandr Sobolevni («Krilya Sovetov») 1 gol farqi bilan ortda qoldirib, jami 7 gol urgan holda to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda.

Iyul oyida ham Shomurodov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kirgan, ammo o‘shanda bu maqom Sobolevga berilgandi.

Shuningdek, «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. RPL ekspertlari o‘z ovozini «Krasnodar» bosh murabbiyi Sergey Matveyev uchun berishgandi, «Match Premer» ekspertlari va muxlislar Karpinni tanlashdi.

Avgust oyida donliklar «Krыlya Sovetov» (1:0), «Rubin» (2:1) va «Lokomotiv» (2:1) bilan o‘yinlarda g‘alaba qozondi, «Ural» bilan o‘yinda durang hisob qayd etildi (2:2) va «Ufa»dan mag‘lub bo‘lindi (0:2). Valeriy Karpin iyul oyida ham chempionatning eng yaxshi bosh murabbiyi sifatida taqdirlangandi.

«Rostov» 8 tur yakunlariga ko‘ra 17 ochko jamg‘arib, «Krasnodar» va «Zenit» bilan bir xil natija ko‘rsatgan holda 1-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov – Rossiyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi