21:58 / 06.09.2019
2 706

O‘zbekiston OTJ yagona gol evaziga Erondan ustun keldi

O‘zbekiston OTJ yagona gol evaziga Erondan ustun keldi
Tokio Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (OTJ) bugun Olmaliq shahrida Eron OTJga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur bahsda kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi yagona golga 57-daqiqada Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi.

O‘zbekiston U-23 – Eron U-23 – 1:0
Gol:
Jasur Yaxshiboyev 57, – 1:0.

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Islom Qobilov, 3. Ilhom Alijonov, 5. Dilshod Saitov, 6. Nurillo To‘xtasinov, 9. Jasur Yaxshiboyev, 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Abror Ismoilov, 15. Oybek Rustamov, 18. Husniddin Aliqulov, 22. Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: 12. Nizomiddin Ziyovutdinov, 21. Mashxurjon Muhammadjonov, 4. Abdulla Abdullayev, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 8. Islom Kenjaboyev, 11. Mirjahon Mirahmadov, 13. Sherzod Nasrullayev, 16. Aziz Amonov, 17. Islom Rashidxonov, 19. Asad Sobirjonov, 20. Ibrohim Yo‘ldoshev, 23. Bobur Asqarov.

Endi mazkur jamoalar yana 3 kundan so‘ng “Paxtakor” mazkuriy stadionida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ yagona gol evaziga Erondan ustun keldi