21:20 / 07.09.2019
2 496

Dastin Pore: Habibni muddatidan avval taslim qilishimga ishonyapman

Dastin Pore: Habibni muddatidan avval taslim qilishimga ishonyapman
Foto: Yandex Photos
UFC yengil vaznida vaqtinchalik chempion Dastin Pore 7 sentyabr, shanba oqshomida kechadigan bahsda Habib Nurmagomedovni yengishiga ishonmoqda.

«Salohiyatimga ishonaman va qulay imkoniyat tug‘iladigan bo‘lsa, raqibni taslim qiluvchi usulni ishga solaman. Shuningdek, bardoshim yetishiga ham ishonaman, agar men jang paytida charchab qolsam, demak, Habib ham charchagan bo‘ladi.

Arsenalim to‘la, men kikbokschiman, undan tashqari brazilcha jiu-jitsudan qora belbog‘im bor, grepplingdan ham xabardorman. O‘ylashimcha, odamlar buni unutib qo‘ygan.

Men ter va qon to‘kiladigan joyda 25 daqiqani o‘tkazishga tayyorman, shu bilan birga, uning statistikasiga birinchi mag‘lubiyatni yozib qo‘yishni istayman. Man nima sababdan bu jang men uchun juda muhim.

10 hafta mobaynida American Top Team’da kurashim va mushaklarim chidamliligi borasida ishladik.
Men Habib ustidan nokaut yoki uslub ishlatgan holda muddatidan avval g‘alaba qozonishimga ishonyapman», — deydi Pore.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dastin Pore: Habibni muddatidan avval taslim qilishimga ishonyapman