21:44 / 07.09.2019
6 641

O‘zbekiston Prezidentining kuyovi oilasi bilan Xabib - Pore jangini Abu-Dabida tomosha qiladi

O‘zbekiston Prezidentining kuyovi oilasi bilan Xabib - Pore jangini Abu-Dabida tomosha qiladi
Xabar berganimizdek, bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida aralash qoidalar bo‘yicha UFC 242 oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Kechaning markaziy jangida yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilotning vaqtinchalik chempioni Xabib Porega qarshi oktagonga chiqadi. Bugungi jangga bo‘lgan qiziqish juda ham yuqori.

Bevosita mazkur chempionlik jangini arenadan turib tomosha qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ham o‘z oilasi bilan birga BAA poytaxtiga yetib borgan.

Sir emas, Otabek Umarov Xabib Nurmagomedov bilan do‘stona aloqada. Yodingizda bo‘lsa, Xabib shu yil Ramazon ro‘zasi paytida Toshkentga kelgan va Otabek Umarov bilan birga mashg‘ulot o‘tkazishga hamda saharlik qilishga ham ulgurgandi.


Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Prezidentining kuyovi oilasi bilan Xabib - Pore jangini Abu-Dabida tomosha qiladi