Foto: Reuters
UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Moskvada rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda sportchi Tvitterdagi sahifasida yozgan.
“Menga Moskvada revansh tashkillashtiring”, deb yozgan Makgregor Nurmagomedovning amerikalik jangchi Dastin Pore ustidan g‘alabasidan keyinoq.
Biroq irlandiyalik ushbu postiga aksar mazaxona izohlar olgan. Foydalanuvchilar uning rossiyalikka qarshi oktagonda munosib qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirishgan. Shuningdek, irlandiyalikka uning brendi ostida ishlab chiqariluvchi viskini ichishdan bosh tortgan keksa kishini urgani ham eslatib qo‘yilgan.
7 sentyabrda Nurmagomedov Abu-Dabidagi musobaqa doirasida Porega qarshi o‘tkazgan jangida o‘z kamarini ikkinchi marotaba himoyalay oldi. U raqibiga qarshi 3-raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, jangni muddatdan avval tugatgan. Rossiyalik sportchi kamarining birinchi himoyasini aynan Makgregorga qarshi jangda o‘tkazgan hamda raqibini 4-raundda mag‘lub eta olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?