19:47 / 08.09.2019
4 293

Boks bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi

Boks bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi
Foto: AIBA
UzReport-TV telekanali boks bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiya huquqini xarid qildi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida xabar berildi.
Joriy yilning 7—21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha hisob bo‘yicha yigirmanchi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi muxlislar o‘rtasida mazkur sport turiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda, UzReport-TV telekanali mazkur musobaqa translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgan.

Muxlislar boks bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi, chorak final, yarim final va final janglarini endi telekanal orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin. Ochilish marosimi 8 sentyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.

Ma’lmot uchun, O‘zbekiston sharafini Jahon chempionatida quyidagi bokschilar himoya qiladi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov;
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov;
-63 kg: Elnur Abduraimov;
-69 kg: Bobousmon Boturov;
-75 kg: Fanat Qahramonov;
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov;
-91 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi