22:20 / 08.09.2019
2 379

Lyov: "Maydonni g‘olib sifatida tark etishimiz uchun Shimoliy Irlandiya bilan o‘yinga jiddiy yondoshishimiz kerak"

Lyov: "Maydonni g‘olib sifatida tark etishimiz uchun Shimoliy Irlandiya bilan o‘yinga jiddiy yondoshishimiz kerak"
Germaniya tema jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shimoliy Irlandiyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Maydonni g‘olib sifatida tark etishimiz uchun o‘yinga jiddiy yondoshishimiz kerak. Dushanba kungi (Gollandiya 2:4) mag‘lubiyatga yetarlicha reaksiya ko‘rishimizga ishonchim komil. Shimoliy Irlandiya juda kuchli jamoa, ular ko‘plab uzoq masofaga uzatmalar berishadi. Raqib chuqurroq o‘ynaydi va bizda ochiq zonalar kam bo‘ladi. Shuning uchun, taktika borasida bosh qotirishimiz lozim", – deydi Lyov.

Shimoliy Irlandiya – Germaniya o‘yini ertaga, 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyov: "Maydonni g‘olib sifatida tark etishimiz uchun Shimoliy Irlandiya bilan o‘yinga jiddiy yondoshishimiz kerak"