09:36 / 10.09.2019
2 694

Rossiya terma jamoasi ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

Rossiya terma jamoasi ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi (video)
Xabaringiz bor ayni kunlarda ko‘hna qit’ata Yevro-2020 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Rossiya o‘z maydonida qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasini qabul qildi. Faqatgina so‘nggi daqiqalarda kiritilgan yagona gol mezbonlarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Rossiya – Qozog‘iston 1:0 (0:0)
Gol:
Fernandes, 89 - 1:0
Rossiya: Gilerme, Djikiya, Semenov, Fernandes, Jirkov, Axmetov (Zobnin, 63), Ozdoyev, Golovin, Miranchuk (Ionov, 58), Cherыshev (Kudryashov, 55), Dzyuba.

Stanislav Cherchesov shogirdlari shu tariqa Yevro-2020 saralashi doirasida ketma-ket 5-g‘alabasini nishonladi. Jamoa bu orada 17 ta gol urdi va 1 ta gol o‘tkazdi.
Ayni damda ruslar I guruhida 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindan esa 18 ochko jamg‘argan Belgiya terma jamoasi o‘rin olgan.

Rossiyaning so‘nggi beshta o‘yini:
Qozog‘iston — Rossiya 0:4
Rossiya — San-Marino 9:0
Rossiya — Kipr 1:0
Shotlandiya — Rossiya 1:2
Rossiya — Qozog‘iston 1:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi (video)