22:13 / 10.09.2019
3 350

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni jangga chorladi

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni jangga chorladi
Foto: Yandex Photos
UFC yengil vazn toifasining sobiq chempioni Toni Fergyuson rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov bilan bo‘lgan kelishmovchiliklari va bo‘lajak janggi haqida gapirdi.

«Men va Habibning jamoasi o‘rtasida tortishuvlar bo‘lgan. Bir marta mehmonxonaga kirganimda ular meni o‘rab olgandi. Bu yigitlar — shunchaki bezorilar to‘dasi.

Bu janjallar Habibga qarshi jang qilish istagimni yanada kuchaytirdi. Biz unga gamburger yeyish va boshqa narsalarga ruxsat beramiz. Bundan rohatlanib qol, ahmoq! Ammo semirib ketma, biz dekabrda jang o‘tkazishimiz kerak.

U jangni qabul qilishi kerak. Sovrinni himoya qil yoki uni topshirib qo‘y, jiddiy aytyapman. Shunchaki kamarni tashla, men bilan jang qilishdan qo‘rqishingni va ketishingni ayt.

Agar aksi bo‘lsa, men jang qilishni istayman. Men bir yilda birgina jang o‘tkazishdan charchadim. Dekabrda jang qilishni istayman», — deydi Fergyuson.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Deyna Uayt Habibning keyingi raqibi Toni Fergyuson yoki Konor Makgregor bo‘lishi mumkinligi haqida aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni jangga chorladi