09:18 / 11.09.2019
2 558

Boks bo‘yicha JCh. Sanjar Tursunov musobaqani braziliyalik bokschiga qarshi jang bilan boshlaydi

Boks bo‘yicha JCh. Sanjar Tursunov musobaqani braziliyalik bokschiga qarshi jang bilan boshlaydi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Yeketarinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 ta vazn toifasida ishtirok etmoqda. Jumladan -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Sanjar Tursunov qur’a natijasiga ko‘ra, kurashni ikkinchi bosqichdan boshlashi ma’lum bo‘lgan edi.

Bokschimizning mazkur bosqichdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. 1/32 final bosqichida Delvi Juliodan 5:0 hisobida ustun kelgan braziliyalik Abner da Silva navbatdagi bosqichda Tursunovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur jang 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha JCh. Sanjar Tursunov musobaqani braziliyalik bokschiga qarshi jang bilan boshlaydi