21:10 / 11.09.2019
3 066

Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda o‘tgan xalqaro musobaqada 2-o‘rinni olishdi

Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda o‘tgan xalqaro musobaqada 2-o‘rinni olishdi
Joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6-20 yoshlilar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blits bo‘yicha o‘zaro kurash olib bordilar.

Chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega bo‘lishdi. O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 nafar aql idrok egalari himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdumalik Abdusalimov va Muhammadali Abdruhmonov hamda ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Bahora Abdusattorova ham bor.

Mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 8 medal bilan 10 davlat orasida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Abdumalik Abdusalimov 20 yoshlilar o‘rtasida(standart), Muhammadali Abdurahmonov 18 yoshlilar o‘rtasida(rapid), Davron Sharipov esa 14 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida(blits) chempionlik maqomiga erishishdi.

Maftuna Bobomurodova 14 yoshlilar o‘rtasida kumush, Muhammadiso Ubaydullayev 8 yoshlilar o‘rtasida(blits), Abdumalik Abdusalimov 20 yoshlilar o‘rtasida(blits), Bahora Abdusattarova 20 yoshlilar o‘rtasida standart hamda blits yo‘nalishlarida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda o‘tgan xalqaro musobaqada 2-o‘rinni olishdi