00:28 / 12.09.2019
3 053

Azamat Abduraimov: "Bunday yomon o‘yin rasmiy uchrashuvda emas, o‘rtoqlikda bo‘lgani yaxshi"

Azamat Abduraimov: "Bunday yomon o‘yin rasmiy uchrashuvda emas, o‘rtoqlikda bo‘lgani yaxshi"
O‘zbekiston va BAA o‘smirlari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng (1:1) Azamat Abduraimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Saralash bosqichida yutqazib qo‘ygandan ko‘ra o‘rtoqlik o‘yinida mana shunday yomon o‘ynaganimiz yaxshi. Bugungi bahsda asosiy tarkib futbolchilar o‘ynashdi, ammo endi qaysi tarkib asosiy ekanligini bilmay qoldik. Osiyo chempionati saralashida o‘ynaydigan yakuniy tarkibimizni musobaqadan oldin e’lon qilamiz.

Bugungi bahs bizga o‘ziga xos tarsaki bo‘ldi. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo qanotlarni o‘zgartirishda qiyinchilikka duch keldik.
Nima uchun bir taym tribunada, ikkinchi taym zaxira o‘rindig‘ida o‘tiraman? Men doim shunday ishlayman, sababi yuqoridan o‘yin borishini ko‘rish osonroq. Ikkinchi taymda futbolchilarning kamchiliklarini aytaman va zaxiradan o‘yinni kuzataman", - deydi Azamat Abduraimov.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azamat Abduraimov: "Bunday yomon o‘yin rasmiy uchrashuvda emas, o‘rtoqlikda bo‘lgani yaxshi"