08:03 / 12.09.2019
4 036

Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi

Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi
Kecha Toshkent shahridagi «Humo Arena»da xokkey bo‘yicha VXL (Oliy xokkey ligasi) ning yangi mavsumiga start berildi.
Ilk uchrashuvni tomosha qilish uchun O‘zbekiston MTJning sobiq a’zosi Server Jeparov ham tashrif buyurib, bu haqda instagram'dagi sahifasiga post joyladi. Rasm ostiga kuzatuvchilardan biri Serverga murojaat qilib, undan termaga qaytishni so‘ragan. 36 yoshli yarim himoyachi esa foydalanuvchiga hozirgi terma jamoa a’zolari o‘ynab ketishi uchun bosh murabbiy (Ektor Kuper) o‘zgarishining o‘zi kifoya qilishini aytgan.

Avvalroq, Server SPORT telekanaliga bergan intervyusida bosh jamoaga himoyaviy futbol mos kelmasligini aytib, o‘yin uslubini butunlay o‘zgartirish kerakligi haqida fikr bildirgandi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi