Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 12 sentyabr 2019, 18:30
  • 450
  • Sport
  • Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
    Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
    12 sentyabr kungi janglar doirasida -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlik Yihlas Gilichjanovga qarshi o‘tkazdi.

    Rio—2016 Olimpiadasi chempioni jangda to‘liq ustunlikka erishdi va ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.

    Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

    Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
    Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan Shahobiddinning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.
    Shahobiddin Zoirovga keyingi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.

    Bugun, -63 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov jazoirlik raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
    9-10 sentyabr kunlarida O‘zbekiston boks terma jamoasining 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilshod Ro‘zmetov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi, ularning ikkisi ham mo‘g‘ulistonlik bokschilarni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratishdi.

    Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:

    -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha) (15 sentyabr)
    -69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya) (16 sentyabr)
    -91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya) (15 sentyabr)
    +91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentyabr).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi