Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik raqobatdoshi Lionel Messi bilan tushlik qilishni xohlayotganini aytgan edi. Argentinalik futbolchi esa Ronaldu bilan yaqin do‘st emasligiga qaramay, uning taklifini qabul qildi.
"Uning taklifini qabul qildimmi? Ha. Men har doim u bilan muammolarim bo‘lmaganligini aytganman. Biz hech qachon do‘st bo‘lmasligimiz mumkin, chunki bitta kiyim almashtirish xonasida bo‘lmaganmiz, ammo men uni doim taqdirlash marosimida ko‘raman va boshqa muammo yo‘q.
Aytgancha, biz oxirgi taqdirlash marosimida bir-birimiz bilan uzoq vaqt suhbat qurdik. Birga tushlik qilamizmi yoki yo‘q, bilmayman. Har birimizning o‘zimizni hayotimiz va majburiyatlarimiz bor. Ammo, uning taklifini qabul qildim", - deydi Lionel Messi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi