15:53 / 13.09.2019
3 535

JCh-2022 saralash. Osiyodagi ilk iste’fo

JCh-2022 saralash. Osiyodagi ilk iste’fo
Quvayt terma jamoasi bosh murabbiyi Romeo Yozak iste’foga chiqarildi.
Quvayt futbol assotsiatsiyasi JCh-2022 saralash bosqichi 2-tur doirasidagi Avstraliyadan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng mutaxassisni iste’foga chiqardi.

Qayd etish kerakki, terma jamoa JCh-2022 saralash bahslarini Nepal (7:0)ga qarshi o‘yindagi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlagan edi.
46 yoshli mutaxassis Quvayt terma jamoasida o‘tgan yildan beri faoliyat olib borayotgan edi.

Xorvatiyalik mutaxassis faoliyati davomida Quvayt termasidan tashqari "Dinamo" (Zagreb), "Osiyek", "Legiya" klublarida, shuningdek Liviya va Xorvatiya terma jamoalarida ishlagan.
Shunday qilib, Quvayt terma jamoasi saralashdagi keyingi o‘yinini 10 oktyabrda Iordaniyaga qarshi safarda o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralash. Osiyodagi ilk iste’fo