16:43 / 14.09.2019
2 681

Ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh yarim finaliga chiqdi

Ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh yarim finaliga chiqdi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempionatida 2 nafar o‘zbekistonlik kurashchilar yarim finalga chiqdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Xususan, 72 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Aram Vardanyan – Ruslan Ahamalyiyeuni (Belarus) 9:1 hisobida, 1/8 finalda xitoylik Xujun Jangni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda Aram germaniyalik Feliks Vidmayerni mag‘lubiyatga uchratib Yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalda bolgariyalik Aik Mnatsakanyan bilan uchrashadi.

82 kg vazn toifasida 1/8 finalda Nurbek Hoshimbekov Janubiy koreyalik Sangxiyuk Parkni 3:2 hisobda mag‘lub etgan edi. ¼ finalda Norvegiya vakili bo‘lgan Rajbek Bisultanovham mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l oldi. Yarim final bahsida Nurbek Hoshimbekov Gruziya vakili bo‘lgan Lasha Gobadze bilan uchrashadi.

Aytish joizki, chorak finalga qadar ushbu musobaqada 55 va 63 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan aka-uka Ilhom va Islom Bahromovlan chorak finalda mag‘lubiyatga uchradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh yarim finaliga chiqdi