18:24 / 14.09.2019
2 467

La Liga. Benzemaning ikki goli "Real"ga g‘alaba keltirdi (video)

La Liga. Benzemaning ikki goli "Real"ga g‘alaba keltirdi (video)
Ispaniya La Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Levante" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Santyago Bernabeu" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Karim Benzema hamda Kazemirolar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Borxa Mayoral va Gonsalo Melerolar mualliflik qildi.

"Real" – "Levante" 3:2
Gollar:
1:0 – 25 Benzema, 2:0 – 31 Benzema, 3:0 – 40 Kazemiro, 3:1 – 49 Mayoral, 3:2 – 75 Melero.
"Real": Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Vaskes, Kazemiro (Azar, 60), Kroos, Xames, Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 83).
"Levante": Fernandes, Duarte (Melero, 68), Vezu, Klerk, Miramon, Rochina (Roxer Marti, 68), Kampanya, Vukchevich (Bardi, 56), Postigo, Mayoral, Morales.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (28), Vaskes (40), Vezu (80), Klerk (90).

Shu tariqa, Zinedin Zidan shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 8 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Levante" esa 6 ochko bilan 5-pog‘onadan joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. Benzemaning ikki goli "Real"ga g‘alaba keltirdi (video)