09:18 / 15.09.2019
2 543

Zoirov qirg‘izistonlik, Qahramonov esa braziliyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Zoirov qirg‘izistonlik, Qahramonov esa braziliyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha jahon birinchiligida 1/16 final bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov mazkur bosqichda Dominikan Respublikasi vakili, kuchli bokschi, Panamerika o‘yinlari g‘olibi Rodrigo Martega qarshi jang qildi va g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Zoirov 17 sentyabr kuni chorak final yo‘lida qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

-75 kg vaznda esa Fanat Qahramonov chorak final bosqichi doirasida braziliyalik Ebert da Konseysaoga qarshi jang qiladi. Mazkur bellashuv 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, -63 kg vaznda yana bir yurtdoshimiz Elnur Abduraimov ham bugun 1/8 final bosqichiga chiqish uchun amerikalik Keyshovn Devisga qarshi jang o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zoirov qirg‘izistonlik, Qahramonov esa braziliyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi