Tailandda yugurish bo‘yicha musobaqada yengil atletikachi jarohat olgan raqibini marragacha olib bordi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uning bu olijanob ishini yuqori baholashdi.
Video CGTN telekanalining YouTube-kanalida e’lon qilindi.
Voqea Bangkokda o‘tgan Thailand Championship musobaqasida yuz bergan. Sportchilar 10 km masofaga yugurish bo‘yicha musobaqalashishgan.
Videoda sportchilardan biri finish chizig‘i oldida oyog‘ini jarohatlab olgani va hattoki o‘rnidan tura olmayotganini ko‘rish mumkin. Shunda boshqa sportchi yugurishdan to‘xtab, raqibi yoniga kelib, unga ko‘tarilishga yordam bergan. U jarohat olgan sportchini qo‘ltiqlab, marragacha olib borayotganda boshqa sportchilar ham yordamga kelishgan.
“Bu odam o‘z urinishini boy berishini va bu keyinchalik uning faoliyatiga ta’sir qilishini bila turib, bir soniyaga ham ikkilanmadi”, deb yozgan video muallifi o‘z izohida.
Sportchining bu ishini ko‘plab foydalanuvchilar olqishlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi