11:35 / 15.09.2019
2 454

Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video)

Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video)
Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yiriq hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq 16 yoshli Ansu Fati Frenki de Yongning uzatmasidan keyin katalonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay de Yong ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi, unga pasni Fati uzatib berdi.

27-daqiqada Kevin Gameyro hisobni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Antuan Grimanning zarbasini Yasper Sillessen bartaraf etdi, biroq qaytgan to‘pni Xerard Pike bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi. 61-daqiqada Luis Suares zaxiradan tushiboq ilk zarbasini golga aylantirdi.

82-daqiqada Suares jamoasining uzoq davom etgan kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Hakam tomnidan qo‘shib berilgan vaqtda Maksi Gomes valensiyaliklarning ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa, “Barselona” ochkolarini 7taga yetkazib oldi va to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

"Barselona" - "Valensiya" 5:2
Gollar:
Ansu Fati (2), Frenki De Yong (7), Jerar Pike (52), Luis Suares (61), Luis Suares (82) - Kevin Gameyro (27), Maksimiliano Gomes (90+2).
"Barselona": ter Stegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur, Fati, de Yong, Karles Peres, Grizmann.
"Valensiya": Sillessen, Gayya, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres, Gedesh, Rodrigo, Gameyro.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video)