14:40 / 15.09.2019
3 392

Timur Kapadze o‘zining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi

Timur Kapadze o‘zining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi
O‘zbek futbolida o‘ziga yarasha iz qoldira olgan Timur Kapadze faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga va muvaffaqiyatlarga erishdi. Ochig‘i, uning futbolchilik faoliyati yorqin xotiralarga shu qadar boy bo‘ldiki, bunga faqat havas qilish mumkin. Shu bois Kapadzening faoliyatini futbolchi bo‘lishni istagan yoshlarga namuna qilib ko‘rsatsa arziydi.

Milliy terma jamoamiz safida 119 ta o‘yin o‘tkazgan sobiq futbolchi faoliyati mobaynida «Neftchi», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Inchxon Yunayted» (J.Koreya), «Sharja» (BAA), «Aktobe» (Qozog‘iston) va «Lokomotiv» klublarida samarali to‘p surganini yaxshi bilamiz.

Umuman olganda, Timur Tohirovich, faoliyati davomida terma jamoa va klublarda ko‘plab futbolchilar bilan birga o‘ynagan va shu bilan birga bir qancha tajribali mutaxassislarning qo‘li ostida to‘p surgan. Shularni inobatga olgan holda Kapadze Sports.uz sayti uchun o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvobazon: Ignatiy Nesterov.
Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Gochguli Gochguliyev (Turkmaniston), Vitaliy Denisov, Samat Smakov (Qozog‘iston).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Mirjalol Qosimov, Leonid Koshelev.
Hujumchilar: Maksim Shatskix, Aleksandr Geynrix.
Bosh murabbiy: Bob Xouton (Angliya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze o‘zining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi