19:35 / 15.09.2019
2 476

Aziz To‘xtaboyev: “Timur Kapadze o‘z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmoqda”

Aziz To‘xtaboyev: “Timur Kapadze o‘z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmoqda”
Coca Cola Superligasi 19-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

"Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Qo‘qonda “Xalqaro hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Bugungi g‘alaba Qo‘qondagi bayramga hamoxang bo‘ldi. Tezkor gol bizga ham yordam berdi, ham zararimizga ishladi. Hisobni ochgach, biroz xotirjamlikka berildik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz yana shiddatni oshirib raqibni yirik hisobda mag‘lub etishdi.

Bir necha oydan beri Timur Kapadze o‘zining maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlarida hissa qo‘shmoqda. U kishi O‘FAdagi ishlaridan bo‘sh vaqtlarida o‘z yordamlarini berib kelishyapti, buning uchun Temur akaga rahmat aytaman.

Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib tashabbusni raqibga berib qo‘ygandek bo‘ldik. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berdik. Qarshi hujumdan samarali foydalanishni aytdik. Ular ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi.

Avazxon Mamatxo‘jayev o‘z imkoniyatlaridan hali beshdan birini ham ko‘rsatgani yo‘q. Uning potensiali juda yuqori. Biz agar Avazxondan to‘g‘ri foydalansak kelajakda terma jamoamizga ham yordam beradigan futbolchi bo‘ladi.

Otabek Haydarov birinchi davrani Qirg‘izistonda o‘tkazdi. Uning imkoniyatlarini mendan yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lmasa kerak. Unga biroz omad va vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmayapti. Birinchi golini urib olgach, o‘yini kuchayib ketishiga ishonchim komil. Otabekka hozir muxlislarimizning ruhiy daldalari juda zarur.
“Qo‘qon-1912” jamoasini uy jamoasi deyish noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Sababi biz safarda ikkita g‘alaba qozondik. Ikkita durang o‘ynadik. Tan olish lozim, o‘z maydonimizda g‘alaba qozonishning gashti boshqacha", - deydi To‘xtaboyev.

Manba : kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz To‘xtaboyev: “Timur Kapadze o‘z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmoqda”