20:43 / 15.09.2019
2 642

Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi, Assakalov bronza uchun kurashadi

Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi, Assakalov bronza uchun kurashadi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rim kurashi bo‘yicha -72 kilogramm vazn toifasida finalga chiqqan o‘zbekistonlik Aram Vardanyan hal qiluvchi bahsda rossiyalik Abuyazid Mansigovga 0:9 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk medali bo‘ldi.

Saralashda Aram Vardanyan avvaliga Ruslan Ahamalyiyeni (Belarus) 9:1, 1/8 finalda Hu Jung Jangni (Xitoy) 8:0 hisobida yengandi. Chorak finalda u germaniyalik Feliks Vidmayerdan, yarim finalda esa bolgariyalik Aik Mnatsanyandan ustun kelgandi.

14 sentyabr kungi bahslarda -82 kg vazn toifasida yarim finalga yetib borib, gruziyalik Lasha Gobadzaga yutqazib qo‘ygach, bugun bronza medal uchun gilamga chiqqan Nurbek Hoshimbekov xitoylik Xaitao Sian bilan kurashib, mag‘lub bo‘ldi (tushe) va medalsiz qoldi.

Bugun bo‘lib o‘tgan bahslarda -87 kg vaznda ishtirok etgan Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Qoidaga ko‘ra, so‘nggi ball ustunligi bilan g‘alaba vengriyalik kurashchiga taqdim etildi.

Endi Assakalov ertaga bronza medali uchun kurashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi, Assakalov bronza uchun kurashadi