Boks. Jahon chempionati. Dilshod Ro‘zmetov g‘alabali yurishini davom ettirdi

  • 15 sentyabr 2019, 21:42
  • 558
  • Sport
  • Boks. Jahon chempionati. Dilshod Ro‘zmetov g‘alabali yurishini davom ettirdi
    15 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

    -81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini kongolik Pita Kabeji Peterga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

    Dilshod Ro‘zmetov turnirdagi ishtirokini saralash bosqichida boshlagan, ilk jangda u mo‘g‘ulistonlik Narmandax Shinebayarni yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etgandi.

    15 sentyabr kungi janglar doirasida o‘zbekistonlik Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham ringga chiqqan, u braziliyalik Duglas de Andradeni mag‘lubiyatga uchratib, nimchorak final bosqichiga o‘tgandi.

    Bugungi dasturda O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili Sanjar Tursunov (-91 kg) ham turnirdagi ishtirokini boshlaydi. U braziliyalik Abner Teysheyra bilan jang nimchorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

    Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boks. Jahon chempionati. Dilshod Ro‘zmetov g‘alabali yurishini davom ettirdi