07:44 / 16.09.2019
2 713

Andrey Shipilov: "Murabbiylar shtabi faoliyatini mevasi shunday o‘yinda ko‘ringani juda yoqimli"

Andrey Shipilov: "Murabbiylar shtabi faoliyatini mevasi shunday o‘yinda ko‘ringani juda yoqimli"
Coca Cola Superliganing 19-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvidan keyin "Metallurg" ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Ushbu uchrashuvga tayyorlanish uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘ldik. Biroq tayyorgarlikda hech qanday e’tiborga moliq jihatlar bo‘lmadi. Raqibning kuchini to‘g‘ri hisobga oldik. Birinchi bo‘lim davomida to‘pni ushlab turish borasida anchagina oqsadik. "Lokomotiv" o‘yinni anchagina faol boshladi. Bunday bo‘lishini barcha kutgandi. Biroq bunday maydonda yomon o‘ynashning iloji yo‘q. Ha, birinchi bo‘limning o‘zida g‘alati gol qo‘yib yubordik. Tanaffusda yigitlarga hali hech nima yo‘qotilmaganini, barchasi oldinda ekanligini va kurashish kerakligini tushuntirdim.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinni biz nazorat qilganimizni barcha ko‘rdi. Raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldik. O‘yinning oxirgi daqiqalarida esa ikki jamoa ham yuqori notadagi o‘yin taklif qilishdi. Bizda ham, ularda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Namangandagi kabi gol kiritib, 3 ochkoni o‘zimiz bilan olib ketishimiz mumkin edi. Hozir sentyabr oyi. Har bir ochko suv va havodek juda muhim.

Bekoboddagi o‘yinning birinchi bo‘limida "Lokomotiv" juda yaxshi o‘yin namoyish qilgandi. Jamshid Iskanderov juda ajoyib xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. Terma jamoa futbolchilari ham yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatishdi. Biroq o‘sha kuni ham ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgandik. Hozir esa umuman boshqacha holat. Jamoada murabbiylar shtabi o‘zgardi. Shu boisdan "Lokomotiv" o‘z o‘yin uslubini biroz o‘zgartirdi. O‘sha kuni "Lokomotiv" juda yorqinroq o‘yin ko‘rsatgandek nazarimda. Bugun ham ular munosib turib bera olishdi.

Katta sharoitlarga ega bo‘lgan jamoalar maydonda turib qolmasligi kerak. Termadan qaytgan Arslanmirat Amanov, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Timurxo‘ja Abduxoliqov kabi futbolchilar ham ajoyib holatda ekanligi ko‘rindi.

Bugungi natijadan keyin biz taktik va jismoniy holatimiz yaxshi ekanligini ko‘rdim. Murabbiylar shtabining faoliyati mevasi shunday o‘yinlarda ko‘rinayotgani juda, juda, juda yoqimli albatta.

Manba : lokomotiv.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Murabbiylar shtabi faoliyatini mevasi shunday o‘yinda ko‘ringani juda yoqimli"