Boks bo‘yicha jahon chempionati. Sanjar Tursunov ham nimchorak finalda

  • 15 sentyabr 2019, 23:06
  • 602
  • Sport
  • Boks bo‘yicha jahon chempionati. Sanjar Tursunov ham nimchorak finalda
    Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
    -91 kg vazn toifasida ikkinchi raqam ostida saralangan Sanjar Tursunov musobaqadagi ilk jangini braziliyalik Abner Teysheyraga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi - 5:0.

    Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari bugungi kungi bahslardan yo‘qotishlarsiz o‘tib olishdi.
    Bungacha -57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov hamda -81 kg vazn toifasida Dilshod Ro‘zmetov o‘z raqiblarini mag‘lub etib, turnirning nimchorak finaliga yo‘llanma olgandi.

    -57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) 5:0
    -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) 5:0
    -91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) 5:0.

    14 sentyabr kuni -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov 1/16 finalda o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, nimchorak finalga chiqqandi. O‘zbekiston boks terma jamoasi hozircha faqat bir yo‘qotishga uchradi, kechagi janglarda 63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov amerikalik Devis Keyshovnga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boks bo‘yicha jahon chempionati. Sanjar Tursunov ham nimchorak finalda