16:46 / 16.09.2019
2 485

Bobousmon Baturov jahon chempionatidagi debyut jangida g‘alaba qozondi

Bobousmon Baturov jahon chempionatidagi debyut jangida g‘alaba qozondi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kunning birinchi jangi O‘zbekiston boks terma jamoasining -69 kg vazn toifasidagi vakili Bobousmon Baturov ishtirokida kechdi.

Argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang olib borgan Baturov keyingi bosqich masalasini hal qildi. Ushbu vaznning ikkinchi raqamli vakili sifatida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik sportchi uchun bu jahon chempionatlaridagi birinchi jang edi.

Baturov keyingi bosqichda Mo‘g‘uliston vakili Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, kechki dasturda O‘zbekistonning yana bir vakili Fanat Qahramonov (-75 kg) braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi bahs olib boradi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobousmon Baturov jahon chempionatidagi debyut jangida g‘alaba qozondi