20:18 / 16.09.2019
2 876

Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi

Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi
Rustam Assakalov / Foto muallifi Anvar Ilyasov
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rim kurashi bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini -87 kilogramm vazn toifasida himoya qilayotgan Rustam Assakalov bronza medal uchun gilamga chiqdi. Tajribali kurashchi qirg‘izistonlik Atabek Azisbekovga qarshi shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvda 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

15 sentyabr kungi bahslarda Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazgan va bronza medal uchun kurashadigan bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadagi birinchi medalni olib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi