O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi

  • 17 sentyabr 2019, 11:30
  • 666
  • Sport
  • O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi
    Bugun, 17 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
    Ushbu kun doirasida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

    Soat 15:00dan boshlanadigan kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov va Sanjar Tursunov, soat 19:00dan keyingi kechki dasturda esa Miraziz Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi.

    O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillarining bugungi raqiblari quyidagicha:

    -52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston)
    -91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

    -57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
    -69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
    -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
    +91 kg: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi