Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiadaga yo‘llanma oldi

  • 17 sentyabr 2019, 14:00
  • 421
  • Sport
  • Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiadaga yo‘llanma oldi
    Bugun Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
    O‘zbekiston terma jamoasining yunon-rim kurashidagi vakillari, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

    Tasmuradov uchinchi o‘rin va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash davomida dastlab ekvadorlik Andres Montanoni, keyin moldovalik Viktor Siobanuni mag‘lub etdi.
    Endi u kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Jalgasbay Berdimuratov esa dastlab ukrainalik Volodimir Yakovliyevni, keyin litvalik Paulius Galkinasni yengdi va u ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U medal uchun qozog‘istonlik Asxat Dilmuhammedov bilan bellashadi.

    Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari sonini 7taga yetkazdi.
    Qayd etish kerakki, bu Tasmuradov uchun uchinchi Olimpiada yo‘llanmasidir. U 2012 yilda London va 2016 yilda Rio Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiadaga yo‘llanma oldi