23:58 / 17.09.2019
2 952

Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi

Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi
Boks bo‘yicha Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlari yakunlandi.
Eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov (+91 kg) ukrainalik Sonte Rogavaga qarshi jang qilib g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.

Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni besh nafarga yetdi.

Bungacha O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov, -69 kilogramm vazn toifasidagi Bobousmon Baturov va -81 kilogramm vazn toifasidagi Dilshodbek Ro‘zmetov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Terma jamoaning uch vakili esa turnirdagi ishtirokini erta yakunladi. Biroz oldinroq, -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjit Sanjitga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Ungacha -75 kg vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov va -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov ham turnirni nimchorak finaldan tark etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi