Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi

  • 18 sentyabr 2019, 16:01
  • 562
  • Sport
  • Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi
    Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
    Chorak final bosqichini o‘zbekistonlik sportchilardan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.

    Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, bokschi o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. U finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.

    Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi:

    -57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)
    -69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
    -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
    +91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi