Bugun Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha JChda chorak final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov yarim final yo‘lida iordaniyalik Ziyad Iashash bilan jang qildi. Quvonarlisi, mazkur jang hamyurtimizning g‘alasi (5:0) bilan yakun topdi.
Shu tariqa, uchinchi bokschimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shahobiddin Zoirov va Mirazizbek Mirzahalilovlar ham medalni naqd qilishgan edi.
Oldinda esa bizni Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi janglar kutib turibdi. Eng so‘nggi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi