23:47 / 18.09.2019
2 562

Krishtianu Ronaldu: "11 yoshimda "Makdonalds"ga borardim va ..."

Krishtianu Ronaldu: "11 yoshimda "Makdonalds"ga borardim va ..."
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morgan bilan bo‘lgan intervyuda bolaligida "Makdonalds" xodimlari unga qanday yordam berishganini ommaga havola qildi.
"Bilasizmi, 11 yosh paytimda bizda pul bo‘lmas edi. Internatda yashardik. Oilam Madeyrada qolgan, shuning uchun men ularni 3 oyda bir marta ko‘rardim. Oilasiz yashash juda og‘ir.

Qechqurunlari biror narsa yeyishni istardik va yonginamizda joylashgan "Makdonalds"ga borib, orqa eshikni taqillatardik: "Biror narsa qoldimi?". Yedna va yana ikki nafar qizlar bizga yegulik berishardi.

Men ularni topishga harakat qildim, Portugaliyadagi odamlar bilan gaplashdim, lekin maqsadim amalga oshmadi. O‘sha "Makdonalds" esa yopilgan ekan. Umid qilamanki, intervyu ularni topishga yordam beradi. Bundan juda xursand bo‘laman. Ularni Turin yoki Lissabondagi uyimda kechki ovqatga taklif qilishni xohlayapman. Ularning bu yaxshiliklari uchun biror narsa berish niyatim bor.

Ular men uchun nima qilishganini hech qachon unutmayman, bu ishlarini juda qadrlayman. Ularni topish men uchun qanday muhimligini bilmaysiz", — deydi Ronaldu.

Ha do‘stlar, Ronaldu nafaqat futbolda, balki hayotda ham o‘rnak olish uchun arzirli fazilatlarga ega (championat.asia talqini).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu: "11 yoshimda "Makdonalds"ga borardim va ..."